avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Мақолалар

Xorazm v.Yangibozor t. 27-maktabining 8-sinf o`quvchisi Adamboyeva Yayraning “Mening bobom,buvim- mahallamiz faxri” mavzusida tanlov uchun yozgan inshosi.

nomli blog mrasul17420

                          REJA:
 
 1.Xonadonlarimiz fayzi,hayotimiz ko`rki.
 
 2.Qarisi bor uyning,parisi bor.
 
 3.Inson qadri ulug`,xotirasi abadiy.
 
 4.O`tganlarning yodi,tiriklarning qadri aziz.
 
 5.Xotira tori uzilsa, hayot musiqasi o`chadi.
 
 6.Bobomga munosib farzand bo`laman!
 
 
 
 
 
            Nuroniylarimizning hayot yo`llari,purhikmat nasihatlari yosh avlodni hamisha yaxshilik, ezgulik sari yetaklaydi.Shu bois piru-badavlat otaxon va onaxonlarning suhbatidan bahramand bo`lishga oshiqamiz.
 
                                              Muhabbat O`rmonbekova.
 
 
 
 
 
     Istiqlol sharofati bilan mamlakatimizda inson qadr- qimmati yuksaldi. Ayniqsa, keksalarimizga qaratilayotgan yuksak ehtirom hamda g`amxo`rliklar davlatimiz siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biriga aylandi.Prezidentimiz taklifi bilan joriy yilning  “Keksalarni e`zozlash yili” deb e`lon qilingani va shu asosda Davlat dasturi ishlab chiqarib,unda belgilangan muhim vazifalar hayotga  izchil tatbiq etilayotgani faxriylarimizning turmush darajasini yanada oshirib, ijtimoiy himoyalash va salomatliklarini mustahkamlash yo`nalishidagi ishlarni yangi bosqichga  olib chiqdi.
 
     Mazkur davlat dasturi ijrosi bo`yicha O`zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan ham bir qator chora-tadbirlar  amalga oshirilmoqda.Shuningdek,kasaba uyshmalari tomonidan 23 ming nafar yolg`iz keksalar,jismoniy  imkoniyati cheklangan insonlar va pensionerlarga ijtimoiy ko`mak berilmoqda.Ularni dori-darmon vositalari bilan ta`minlash,kommunal to`lovlarini to`lashda yordam ko`rsatilmoqda.Saxovat va Muruvvat uylarida  yashovchi kishilar ham chetda qolayotgani yo`q. Ushbu maskanlarda istiqomat qiluvchilar,imkoniyati cheklangan  keksalar moddiy va ma`naviy   qo`llab –quvvatlanmoqda. Yana shuni ham aytish joizki, Davlat dasturi doirasida 420 nafar keksa  va jismoniy imkoniyati cheklangan kishilarni  yordamchi hamda texnik reablitatsiya  vositalari,xususan nogironlik aravachaari,eshitish apparatlari,protez-ortopedik mahsulotlari bilan ta`minlash,1000 nafardan ziyod urush va mehnat faxriylari uchun mamlakatimizning tarixiy shaharlari,diqqatga sazovor  joylariga sayohatlar uyushtirilgan.Muxtasar qilib aytganda, urush va mehnat fronti faxriylarini manzilli ijtimoiy himoya qilish hamda qo`llab- quvvatlash uchun barcha  imkoniyatlar ishga solinayapti.Bu esa ularning farovon hayot kechirishi,umrlarining uzayishiga xizmat qilmoqda.
 
 
 
     Zero,piru-badavlat otaxonu-onaxonlarimiz xonadonimiz fayzi,hayotimiz ko`rkidirlar.
 
 
 
     Qarisi bor uyning farishtasi bo`ladi.Yonida bob ova momolari bor bolalarning qalbi quvonchga to`liq bo`ladi. Ularning tarbiyasini olgan bolalar ham o`zgacha bo`lishadi. Ota-onasini uyining ustuni,suyanchig`i deb bilganlar baxtli insonlardir.Aslida, keksalarni har doim, har kuni qadrlash,hurmat qilish,ularning holidan xabar olish har bir inson uyqudan turgani,sog`-salomat ekani,yonida ota-onasi yoki farzandlari borligi,hayoti tinchlikdan iboratligi,sevimli ishi yoki o`qishiga borishi,qadrdonlari bilan yuz ko`rishib turganiga shukur qilib yashamog`i kerak. Nimani yo`qotsang,keyin qadri bilinadi deyishadi.Farzandlarimiz,qolaversa,o`zimizni ham yo`qotilishi mumkin bo`lgan narsalarni ular yo`qolmasidan avval qadrlash,azizlash,e`zozlashga o`rgataylik.Har kuni qo`shnilar,hamkasblar bilan yuz ko`rishib,odatdagi hol-ahvol so`rashlar bo`ladi.Keyin hamma o`z yumushi bilan band bo`ladi.Bir qaraganda bu odatiy,necha-necha yillar davomida har kuni takrorlanib kelinadigan holatlar.Lekin yillar,oylar,kunlar ichida ularning ayrimlari safimizdan ketib borayotganiga ko`pda e’tibor bermaymiz.Ularning safimizda yo`qligi ayrim  paytlardagina bilinadi.Qisqa fursatga bo`lsada,ulareslanadi,oramizda yoqligi bilinadi.Bu o`sha insonning hayotligida o`z o`rnini qoldirib ketganini bildiradi. Har bir xonodon,mahalla,tuman,viloyatda hurmat-e’zozga munosib kishilar topiladi.Shuningdek, mash’um urushda halok bo`lgan bobolarimiz va mahalladoshlarimizni eslash,urushdan omon qaytgan va kundan kun kamayib borayotgan faxrilarning, mamlakat ichkarisida mehnat qilgan tabarruk qariyalarimizning holidan xabar olish siz va bizning zimmamizdagi qarz va farzdir.Yoshi ulug`,nuroniy kishilarni har tamonlama qo`llab-quvvatlash,ularga tabbiy yordam va ijtimoiy xizmat ko`rsatish darajasi hamda sihatni yaxshilash bo`yicha belgilab olingan ustivor vazifalarining izchil ijrosini ta’minlash imkonini berayotgani bilan g`oyatda ahamyatlidir.Respublikamizda nishonlanadigan turli bayramlar,muhim sanalar,xayirli ishlar arafasida keksa avlod vakillari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o`tkazish,ularga alohida ehtirom ko`rsatish ham o`ziga xos an’ana tusini olgan.Bunday muloqatlarda yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikning ahamyati,ro`y berayotgan ulkan ijobiy o`zgarishlar,hayotimizdagi yangilanishlar haqida so`z boradi.Zero,davlatimiz rahbari ta’kidlagandek, ,,Vatanimizning musaffo osmonini asrashda, har qanday  ofatlardan  saqlashda, Ona  yurtimizni  fashizm  balosidan  himoya  qilishda  keksa  avlodning  qanday  jasorat  ko`rsatgani,  front  ortida  mehnat  qilib,  g`alabaga  munosib  hissa  qo`shgani,  mamlakatimizni  tiklash,  uni  ham  harbiy,  ham  iqtisodiy,  ham  ma`naviy-ma`rifiy  salohiyatini  oshirishda  nuroniy  keksalarimiz  namoyon  etgan  fidoyilikni  biz  hamisha  katta  minnatdorchilik  bilan  eslaymiz.  Bugun  faxriylarimizning  hurmatini  joyiga  qo`yish,  har  qaysi  keksa  odamning  yuragiga  yetib  borish,  ko`nglini  ko`tarish,  shu  bilan  birga,  ularning  hayotini  mazmunli  qilish  yo`lida   olib  borilayotgan  ishlarimizni  kuchaytirish,  samarasini  oshirish  zarur”.  Mana  shunday  oqilona  siyosat  tufayli  xonadonlarimiz  ko`rki  bo`lgan  piru-badavlat  otaxon-u  onaxonlarimiz  bugungi  dorilamon  kunlardan  bahramand    bo`lib,  umrguzaronlik  qilishmoqda.
 
       Inson  xotiralar  bilan  yashaydi.  Kechagi  kunning  mashaqqatlarini  eslab,  og`ir  damlarning   xotirasi  bugungi  faraxbaxsh  hayot  bilan  muqoyasa  qilsak, ezgulik,  yaxshilikni  ulug`lab  yashashga  ko`proq  intilamiz. Prezidentimiz  tashabbusi  bilan  9-may- Xotira  va  Qadrlash  kuni  mamlakatimizda  umumxalq  bayrami  sifatida  nishonlanishi  zamirida  ham  kishilarni  ezgulikka  undash  falsafiy  mujassam. Muhimi,  xalqimiz,  ayniqsa,  yoshlarimiz  ongu-shuurida  o`tganlarni  yod  etish,  tiriklarni  qadrlashdek  insoniy  fazilatlar  yotadi  va  tobora  mustahkam qaror  topmoqda.  Tarixdan  saboq  chiqarib,  o`tmishda  yo`l  qo`yilgan  xatolarni  takrorlamay,  milliy  o`zlikni  anglagan  holda,  muzaffar  ajdodlarning  hech  kimdan  kam  bo`lmagan  avlodi  ekanimizni  anglab  yashayapmiz.  Zero,  bu  yorug`  va  dorilamon  kunlar  yo`lida qurbon  bo`lganlar  ruhini  shod  etish,  mo`tabar  keksalarimiz  duolarini  olish,  tinch  hamda  osoyishta  zamonning  qadriga  yetish,  shukronalik  tuyg`ularini  his  etish  bizga  katta  quvvat  bag`ishlaydi,  ruhiyatimizni  poklab,  yangidan-yangi  bunyodkorlik  ishlariga  chorlaydi.  Xotira  va  Qadrlash  kuninig  bu  yilgi  shiori “Jasorat, burch, matonat”  nomi  ostida  nishonlanayogani,  ushbu tadbirlar  doirasida  ta`lim muassasalarida,  mahallalarda,yoshi ulug` kishilar,urush va mehnat faxriylari bilan uyshtirilgan  muloqotlar ham  ana shu ezgu  maqsadga  xizmat  qilmoqda.  Davlatimiz tomonidan  urush  qatnashchilari  va  mehnat  fronti  faxriylariga  pensiya  va nafaqalardan  tashqari,  har yili turli  ijtimoiy  yordam  ko`rsatilmoqda.  Ularning  sihatgoh  va  kurortlarda  davolanish  va  boshqa  vositalar  bilan  ta`minlanishiga ,  jamoat  transportida  bepul  yurish  hamda  kommunal  xizmatlar  bo`yicha  kompensatsiyalar  olishga  katta e`tabor  berilayapti.  Jumladan,  ikkinchi  jahon  urushida  yuksak jasorat  va  matonat  ko`rsatib,  fashizm  ustidan  qozonilgan  g`alabaga  munosib  hissa  qo`shgan,  bugungi  tinch-osoyishta  va  farovon   hayotimiz  yo`lida jonini  fido qilgan yurtdoshlarimiz  xalqimiz  va davlatimizning   doimiy e`tiborhamda e`zozida bo`lib  kelmoqda.  Xalqimizga  xos xislatlar  haqida  so`z  ketganda, avvalo, mehr-oqibat , hayr-u saxovat,  qadr – qimmat  kabi fazilatlar  tilga  olinadi. Bu  bejiz  emas.  Binobarin, biz  azal-azaldan  bir-birimizga   g`amxo`rlik  ko`rsatishda ,  ayniqsa, keksalarni e`zozlashda  boshqalarga  ibrat  bo`lganmiz. Bu borada  amalga oshirilayotgan ishlarning  ko`lami beqiyos.  Shu ma`noda, yoshi   ulug`larni  e`zozlash  davlatimizning asosiy  vazifalaridan  biriga  aylangan.Umrini  el-yurt  xizmatiga  bag`ishlagan insonlarni  xalq  unutmaydi. Inson  hayot ekan, o`z umridan, o`tayotgan  kunlaridan  shukuh  his etib  yashashi kerak. Zero, yurtimizda istiqomat qilayotgan  har bir kishi, ayniqsa, yosh avlod  mana  shu  bayram timsolida Keksalarni qadrlash, saxovatga muhtoj kishilarga  ko`maklashish  kabi yuksak  fazilatlarni qalbiga singdirmoqda. G`afur G`ulom  nomidagi  madaniyat  va istirohat  bog`ida  Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda  mehnat fronti  faxriylari  uchun “Hech kim mehr va e`tibordan  chetda qolmasin”  deya nomlangan  ma`rifiy  tadbir  tashkil etildi. U Keksalarni e`zozlash va Xotira va Qadrlash  kuniga  bag`ishlandi. “Jasorat, burch, matonat”  shiori ostida  uyushtirilgan  mazkur  tadbirga  poytaxtimizda istiqomat  qilayotgan  bir guruh Ikkinchi jahon  urushi  qatnashchilari  va mehnat  faxriylari taklif qilindi. Keksalarimiz tinchlik-xotirjamlik,  farovon  turmush  xalqimizning  eng  bebaho boyligi, uning  qadriga  yetish, asrab- avaylash  barchamizning eng  oliy burchimiz  ekanligini  qayd  etishdi.Shunigdek ,  yurtimizda  amalga  oshayotgan  keng  ko`lamli  islohotlar,  yoshlar  uchun  yaratilayotgan  qulayliklardan oqilona  foydalanish  zarurligini  uqtirishdi.  Nuroniylarga  tashkilotchilar  tomonidan esdalik  sovg`alari  topshirildi.
 
      Istiqlol  yillarida   keksa  avlod  vakillariga  hurmat – ehtirom  ko`rsatish, ularni qadrlash, boy  hayotiy  tajribasidan  unumli  foydalanish  mazmun  va mohiyat  jihatidan  yangi  bosqichga  ko`tarildi. Xususan,  joriy  yilning “Keksalarni  e`zozlash yili”  deb  nomlangani  munosabati bilan  qabul qilingan  Davlat  dasturida  belgilab berilgan  qator ustuvor  vazifalar  nuroniylarga  bo`lgan e`tibor  ko`lami  nechog`li kengligini  yana  bir bor  tasdiqladi. Unda  yoshi  ulug`  insonlar, eng  avvalo, 1941-1945-yilardagi urush va mehnat   faxriylarini  qo`llab-quvvatlash , ularga  ko`rsatiladigan  tibbiy  hamda ijtimoiy  xizmat  darajasini  oshirish, muhtojlarni  yordamchi  va realibitatsiya   texnik  vositalari bilan ta`minlash,  tumanlar ,  mahallarda qariyalar  uchun  muloqot  markazlari, ularning  qiziqishidan  kelib  chiqib, turli  klublar tashkil  etish, jismoniy  tarbiya  va  sport  bilan shug`ullanishi  uchun  sharoit  yaratish bo`yicha aniq  chora-tadbirlar  ko`zda  tutilgan. Ayni paytda  bu boradagi ishlar  izchil  davom etmoqda.Qariyalarni   qadrlash, kam  ta`minlanga  va  ehtiyojmand  oilalar ahvolidan  xabar  olish, nogiron  kishilarni har tomonlama  qo`llab – quvvatlash  xalqimizga  xos fazilatlardan  hisoblanadi.Bu  boradagi ezgu ishlar, ayniqsa, “Keksalarni  e`zozlash yili”  Davlat  dasturi  doirasida  yanada  keng  qamrovli  islohatlar  natijasida  davom ettirilayapti .Natijada  minglab otaxon  va  onaxonlarimiz ijtimoiy  muhofazaga olinib , ularning  salomatligi  mustahkamlanayapti. Ta`kidlanganidek, nogironlarni    zarur texnik  vositalar bilan  ta`minlash, o`zgalar  yordamiga  muhtoj  kishilarni  moddiy va ma`naviy rag`batlantirish, qariyalarga o`z salomatligini saqlash  va tiklashlari uchun  shart – sharoitlar yaratish va aholi  bandligini ta`minlash mazkur  vazirlikning  ustuvor  vazifalaridan  biri hisoblanadi. Bilasiz ,  avvallari  xotira  va qadrlash bayrami  yengil o`yin — kulgu  ,dabdabozlik,  rasmiyatchilik  bilan  o`tardi. Ertasiga  hamma ko`ngli  xijil bo`lib  yurardi, axir  bu g`alabining  yuz minglab  yurtdoshlarimiz joni evaziga  qo`lga kiritilgan. Xotira  va Qadrlash kuni munosabati bilan  yurtimiz  bo`ylab urush  qatnashchilari, mehnat  fronti  faxriylari  hamda  mustaqil  Vatan  himoyasida halok bo`lgan harbiy  xizmatchilarning   oilaridan  xabar  olish, ularga davlatimiz  rahbarining   hurmat – ehtiromi, yuksak  e`tibori  bo`lgan medal  va sovg`alar  topshirish  mobaynida  bir ibratli holatga  duch kelindi. Oqsoqollar  bugungi ibratli  ishlar  va osudalikning qadriga  yetish  kerakligini, osoyishtalikka  kafil  bo`lgan  yurtboshimizning   uzoqni  ko`zlagan  tinchliksevar  siyosatini  teran  anglab, yurakdan  qo`llab – quvatlab, kerak  bo`lsa, O`zbekiston  uchun yanada fidoyi  bo`lishga tayyor  ekanligini  bildirdilar.Shafqatsiz  urush  domidan, ajal  changalidan  omon chiqqan, dunyoda kechayotgan  siyosiy   jarayonlardan  xabardor, o`zining  qat`iy  fikriga  ega otaxonlarning  mulohazalari  mustahkam  hayotiy asosga egaligi odamni  yon atrofga  va o`ziga  teranroq  nazar  tashlashga undaydi. Katta  majlislarda  Islom Karimov   butun  dunyoga   O`zbekiston  armiyasi chetdagi urushlarda qatnashmasligini, yurtimizga harbiy  bazalar  kiritishga yo`l qo`ymasligini  e`lon qildi. Bu haqiqiy  xalqparvar  rahabarning qaroridir. Osoyishtaligimizni  ko`rolmaydigan kuchlar  necha marta  xuruj  qildi,  lekin Prezidentimiz hammasiga har safar qalqon  bo`ldi. Qurolli Kuchlarimiz   tinchlik  garoviga aylandi.
 
          Ozod va obod yurtda yashaymiz, Istiqlolning   yigirma to`rt yili qisqa fursatdek tuyulsa-da, mamlakatimizda shu davrda asrlarga  tatigulik  ishlar  amalga  oshirildi. Bu yo`lda  boshqalarga o`rnak ko`rsatib xalq va Vatan  manfaati  yo`lida fidokorona xizmat  qilyotgan  yurtdoshlarimiz mehnatini  munosib  baholash,  moddiy va ma`naviy  rag`batlantirish Prezidentimiz  boshchiligida  olib  borilayotgan siyosatning ustuvor  yo`nalishlaridan  biri  etib belgilangan. Davlat  mukofatlari  joriy  qilinib, ularning  huquqiy  asoslari yaratildi. Mamlakatimiz rahbarining tashabbusi  parlamentning  1944-yil  5-6 may  kunlari    bo`lib o`tgan  sessiyasida  “O`zbekiston Qahramoni”  unvoni va oliy nishon — “Oltin yulduz”  medali  “Mustaqillik”, “Do`stlik”ordenlari hamda  “jasorat”, “Shuhrat” medallarini ta`sis etish  to`g`risidagi qonunlar  qabul qilindi. “O`zbekiston  Qahramoni” unvoning  ta`sis  etilishi  mamlakatimiz  tarixida  muhim voqeadir. Mazkur   unvon  davlatimizning  oliy darajadagi mukofati, bo`lib respublikamiz   fuqarolariga, ayrim  hollarda O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lmagan shaxslarga ham davlat va xalq oldidagi qahramona  jasorat  ko`rsatish  bilan bog`liq xizmatlari  uchun  beriladi.
 
” O`zbekiston  Qahramoni”   unvoni bilan  taqdirlangan  shaxsga “Oltin yulduz”  medali va unvoni  berilganligi to`g`risidagi  hujjat  tantali ravishda  topshirildi. O`tgan yillar davomida o`nlab yurtdoshlarimiz ana  shu  oliy  mukofatga  sazovar bo`ladi.O`zbekiston Qahramonlari soni turli  sohalarda faoliyat yuritilayotgan vatandoshlarimiz  hisobiga  yil sayin ortib borayotgani  yurtimizda inson sha`ni, mehnati va qadr qimatiga  qaratilgan  beqiyos e`tibordan yana  bir  dalolatdir. Vatanimiz yuksak  mukofatlarimizdan yana biri 
 
 shon-u shuhratimiz, erkin va farovon kelajagimiz garovi hisoblangan “Mustaqillik” nomi  bilan  atalishi bejiz emas. Zero, mamlakatimizning  istiqlolga  erishishi  asriy orzu –umidlari  ro`yobi, xalqimizning ulkan  tarixiy  yutug`i bol`di. Bugun tinch va osoyishta  xonadonlarimizda  nuroniy otaxon-u onaxonlarimiz  yaxshi  niyatlar bilan  qo`llarini  duoga  ochib,  ezgu  tilaklar  aytishyapti.  Demak,  bunday  yurtda  totuvlik,  farovonlik  barqarordir. ”Mustaqqillik’’ ordeni  bilan  mustaqil  huquqiy  davlat   barpo  rtish  hamda  uni  mustahkamlashga,  respublikamizda  tinchlik  va   taraqqiyotni ta`minlashga  qo`shgan ulkan hissalari uchun  hamyurtlarimiz, shuningdek  O`zbekiston  fuqarosi bo`lmagan  shxslar taqdirlandi. Mamlakatimizda yuzdan  ortiq millat va  elat  vakillari  tinch – totuv  hayot kechirmoqda. Barcha  millat va elat  vakillarining urf-odatlari, an`analari hurmat qilinishi, rivojlanishi  uchun  shart – sharoitlar  yaratilgan. Millatlararo totuvlik, do`stlik  yurtimizdagi  barqarorlik hamda taraqqiyotning  muhim  omilidir. “Do`stlik” ordeni  O`zbekistonda  yashayotgan millat  va  elat vakillari  o`rtasida  do`stlik ,  o`zaro  hamjihatlik  hamda  totuvlikni  mustahkamlash  ishida  erishgan  katta  yutuqlari,  xalqimizning  boshqa  xalqlar  bilan  do`stlik  va  taraflama  hamkorligini rivojlantirishga  katta  hissa  qo`shgan  fuqarolarni  mukofotlash  maqsadida  ta`sis  etilgan .Ushbu  mukofot  sohiblari  orasida  nafaqat  yurtdoshlarimiz,  ayni  paytda  boshqa  davlat  vakillari  ham  bor. Tinch  va  osuda  hayotimizni  ta`minlashda  milliy  armiyamiz,  huquq-tartibot  idoralari  mas`uliyati  yuksakdir.
 
Mustaqillik  yillarida   harbiy  xizmatchilar, milliy  xavfsizlik  xizmati  va  ichki  ishlar  organlari  hodimlarining  respublikamiz  milliy  xavfsizligini  ta`minlash, jamoat  tartibini  saqlash  va  jinoyatchilikka  qarshi  kurashda,  harbiy  burchini  yoki  xizmat  burchini  ado  etishda   ko`rsatgan  mardlik  hamda  jasoratlari  uchun  “Jasorat”  medali  bilan  taqdirlash  yo`lga  qo`yildi. Ajdodlar  xotirasini  yod  etib,  ularning  ezgu  ishlarini  davom  ettirish,  nuroniylarni  e`zozlash,  katta  avlod  vakillariga  alohida  hurmat  va  ehtirom  ko`rsatish, xalqimiz,  millatimizning  qon-qoniga  singib  ketgan  ulug` bir  qadriyatdir. Mana shu  ezgu  qadriyatlar  9- may  “Xotira  va  qadrlash  kuni”  munosabati  bilan  yanada  yorqinroq  namoyon  bo`lmoqda. Zotan,  ota-bobolarimizni  eslash,  ularning  ruhi-poklarini  shod  etish  ezgu  amallardandir.  Chunki  ular  orzu  qilgan  hur  zamonlar  biz  avlodlarga  nasib  etdi.  Bugun  yurtimizda  hukm  surayotgan   barqarorlik,  tinchlik-osoyishtalik,  farovonlik,  erkinlik  xalqimizning  ezgu  orzu-intilishlari  ro`yobga  chiqishida  muhim  omil  bo`lmoqda.  Buni  mamlakatimiz har  sohada  erishayotgan  yuksak  natijalar,  aholi  turmush  tarzining  yuksalib  borayotgani  misolida  ham  ko`rishimiz  mumkin.  Qaysi  oilada  ko`pni  ko`rgan  yoshi  ulug`  kishilar  bo`lsa,  o`sha  joyda  mehr- muruvvat,  ahillik,  o`zaro  hurmat,  eng  muhimi  ma`naviy  komillik  ustuvor  bo`ladi.  Jamiyatdagi  o`rnimiz ,  oiladagi  mavqeimiz,  mehnat  faoliyatidagi  muvaffaqiyatlarimizda  ham teran  ildizlarimiz  hisoblangan  bobo  -  momolarimizning   katta  hissasi  borligini  unutmasligimiz  lozim.  Zero, qariyalarni  qadrlagan, ularni  e`zozlagan, pand-nasihatlarini  olgan  el kam  bo`lmaydi.  Xalqimiz  ikkinchi  jahon  urushida  mardlik  va  qahramonlik  namunalarini  ko`rsatgan,  aziz  jonlarini  qurbon  qilgan  o`g`lonlari  va  mehnat  fronti  faxriylarini  hech  qachon  unutmaydi.  Bugun  yorug`  kunlar  shukronasi  bilan  keksalik  gashtini  surayotgan  urush  faxriylari  esa  hamisha  e`zoz  va  ehtiromga  munosibdir.   Umri  davomida  ne-ne  mashaqqatlar- Ikkinchi  jahon  urushining   uqubatli  kunlariga  guvoh  bo`lgan  nuroniylarimizga  mustaqillik  sharofati  bilan  dorilamon  kunlarni  ko`rish  baxti  nasib  etdi.  Istiqlol  sabab  o`zligimizni  tanidik.  Milliy  qadriyatlarimiz  tiklandi,  asrlar  osha  dunyoga  mashhur  bo`lgan  buyuk  allomalarimiz,  buyuk  sarkardalarimizning  nomlari  baralla  tilga  olinadigan  bo`ldi.  Xotira  va  qadrlash  tushunchalari  mohiyatan  o`zaro  bog`liqdir.  Zero, bugungi  erkin  va  farovon  hayotni  ko`z  qorachig`idek  asrash  bilan  birgalikda  vatan  ozodligi  yo`lida  qurbon   bo`lgan  fidoyi  insonlarni  yodga  olish,  ularning  xotirasini  abadiylastirish,  so`nmas  jasoratini  xotiramizda  mangu  saqlash,  insonni  tirikligida  qadriga yetish  biz  uchun  ham  farz, ham  qarzdir.
 
 
 
          Bobomga  munosib  farzand  bo`laman!
 
   Afsuski, bu yil men uni tabriklay olmayman. Bobom  va buvim  haqidagi  xotiralarim  ko`z o`ngimda  jonlanadi.
 
     Bola emasmizmi ,  xuddi ertak  tinglanayotgandek  qiziqib qayta — qayta   so`rayveraydik. Endi bilsam, bobom  bechora urushning  azob- uqubati  va o`sha xotiralarini  har gal  eslaganda  yuragi tilka  pora bo`lar  ekan.
 
     Bobom  boshdan  kechirgan  va  ko`zi  bilan  ko`rgan  voqealar Chingiz  Aytmatov,  Odil  Yoqubov  kabi  mashhur yozuvchilar  asarlaridagi  qahramonlar kechinmasiga  o`xshaydi. Asar  qahramonlari  jasorati  bobom  misolida  ko`z  oldimda  yana ham ravshanroq   gavdalanadi.
 
        Buvim, buvijonnim  O`tkir  Hoshimov  asarlaridagi  mushtipar  ona. Bobomga  ham ruhan, ham ma`nan  madad     bo`lgan buvijonimdir.
 
       Aziz  tengdoshim ,Vatanimizning  gullab  yashnashi uchun xizmat  qiluvchi, munosib  voris  bo`lish, farzandlik  burchimizdir.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
                                    Adamboyeva Yayra
 
                                   Tel:   93 751-05-44
 
                                   Xorazm  viloyati  Yangibozor tumani
 
                                   Bog`olon qishlog`i   Qiyot  mahallasi
 
                                   27-umumiy o`rta  ta`lim maktabi